Ushbu professional sanoat qurilmasi — mineral oʻgʻitlarni oʻta aniqlik bilan tayyorlash hamda ularni tomchilatib sugʻorish tizimiga avtomatlashtirilgan usulda uzatish (ferti-gatsiya) uchun moʻljallangan. Qurilmaning korpusi yuqori sifatli zanglamas poʻlatdan (nerjaveyka) ishlab chiqarilgan boʻlib, bu uning konsentrlangan mineral tuzlar va agressiv agrokimyoviy dori vositalarining doimiy taʼsiriga nisbatan mutloq korroziyaga (zangga) chidamliligini kafolatlaydi.
Ushbu stansiya quruq va donador oʻgʻitlarni suvda eritish hamda tayyor ozuqa eritmasini toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy magistral quvurga haydash jarayonlarini oʻzida birlashtirgan toʻliq avtonom fertigatsiya uzeli hisoblanadi.